Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o'tkazish boshlandi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishning yangi tartibini amaliyotga joriy etish ishlariga start berildi.
❗️Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayonlari 15-yanvardan 1-martga qadar davom etadi.
