tashrif

Yangibozor tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi G.Abdrimova 27-son DMTTga tashrif buyurib, tashkilotda ma'naviyat va vatanparvarlik burchaklari, jonli tabiat burchaklarining tashkil etilganligini, sanitariya-epidemiologik holati taʼlim-tarbiya jarayonini oʻrgandi. Bolalarda kattalar  mehnatini qadrlash va tabiatga  mehr uygʻotish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdilar.